10:25 / 19.09.2018
15 478

Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan avtohalokatga uchradi…

Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan avtohalokatga uchradi…
U oʻziga tegishli “Ford Mustang” avtomobilini Moskva koʻchalari boʻylab katta tezlikda boshqarayotib, kutilmaganda boshqaruvni yoʻqotdi va “Hyundai” avtomobiliga borib urildi.

Xayriyatki, halokat yengil kechdi. Xonandaning baʼzi jarohatlari boʻlsa bordir, ammo u bu haqda gapirishni xohlamadi. Oʻzi yoʻl patrul xizmati va vrachlarni chaqirtirdi. Bu avtohalokatda uning oʻzi aybdor ekanini boʻyniga oldi.

Muxlislariga esa shu maslahatlarni berdi:

— Odamlar, mashina rulini boshqarayotganda, eʼtiborni chalgʻitmanglar! Juda xunuk boʻlarkan!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan avtohalokatga uchradi…