06:30 / 20.09.2018
4 694

Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini soddalashtirdi

Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini soddalashtirdi
Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini ancha soddalashtirdi. Turkiya prezidentining tegishli farmoni hukumat nashri Resmi Gazeteʻda chop etilgan.

Farmonga koʻra, Turkiya fuqaroligini olishga huquqni olishni koʻzda tutuvchi kapital qiymati 2 mln dollardan 500 ming dollargacha, xorijliklarga Turkiya fuqaroligiga oʻtish uchun ular egalik qiladigan koʻchmas mulkning minimal qiymati 1 mln dollardan 250 ming dollargacha kamaytiriladi. Shuningdek, xorijliklar tomonidan ish taqdim qilish bandiga oʻzgartirish kiritilgan. Endi fuqarolik olish uchun avvalgidek 100 kishini emas, 50 kishini ish bilan taʼminlash yetarli hisoblanadi. Fuqarolik olish uchun Turkiya banklarida saqlanishi kerak boʻlgan depozitlar summasi 3 mln dollardan 500 ming dollargacha kamaytirilgan.

Avvalroq Aydinlik nashri mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni istayotgani haqida maʼlum qilgandi. Aktyorning aytishicha, u bu masalani oktyabrda Turkiyaga tashrifi vaqtida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan muhokama qilmoqchi. Maʼlum qilinishicha, Depardye Turkiya fuqaroligini Turkiya oldidagi xizmatlari yoki yirik sarmoyalar uchun soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini soddalashtirdi