07:01 / 20.09.2018
8 679

“Usmoniylar tarixi” turkumidan: “Oltin qafas”

“Usmoniylar tarixi” turkumidan: “Oltin qafas”
Usmoniylar imperiyasida shahzoda aka-ukalarni oʻldirish abadiy emasdi albatta. Bu qonun sulton Ahmad 1617 yili favqulodda olamdan oʻtgach, oʻz kuchini yoʻqotdi. Imperiya ahli qatlni qafasga almashtirish haqida yangi qonun oʻylab topdi. Bu “Oltin qafas” deb nomlandi. Qonunga koʻra, taxtni egallagan sultonning aka-ukalari, yaʼni, shahzoda maqomiga ega shaxslar Toʻpqopi saroyining oʻzida maxsus xonalarda saqlana boshladi.

Qafasda shahzoda umrining oxiriga qadar qolib ketishi hech gap emasdi. Bunga misol sifatida tarixda aqlan zaif sulton sifatida nom qozongan Mustafoni keltirsa boʻladi. U akasi sulton Ahmad, Kusem sultonning suyuklisi tarafidan qafasga solingan. Ahmadshoh bittagina ukasini oʻldirishni sira xohlamasdi. Shu sababli ham Mustafo umrining oxirigacha qafasda saqlandi. Faqat jiyanlaridan biri, Kusem sulton va Ahmadshohning oʻgʻli Murod taxtni egallagach, qafasdan ozod etildi. Lekin bu ozodlik shahzoda Mustafoga oʻlim hadya etdi. Murod uni aldab dengiz sohiliga olib bordi va shunday dedi:

— Togʻa, siz bolalikdan kemangiz boʻlishini, dunyo sayohatiga chiqishni orzulagansiz. Orzuingiz ushaldi. Ana, butun boshli kema sizning ixtiyoringizda! Chiqing, qayerga xohlasangiz, sayohatga otlanaverishingiz mumkin!..

Aldovlardan boshi koʻkka yetayozgan, aqlan zaif Mustafo kemaga chiqib oʻtiradi. Kema hali sohildan u qadar uzoqlashib ulgurmay, maxsus tayinlangan kimsa shahzodani boʻgʻib oʻldiradi.

Shu oʻrinda bir narsani tan olish kerak. Usmoniylar imperiyasida shahzodalarni oʻldirish taqiqlangan boʻlsa-da, bu xavf baribir yashab qolaverdi. Hadeganda shahzodalar hayoti xavf ostida boʻlaverdi. Masalan, 1621 yili muftiy Usmon II ga ukasini oʻldirish uchun fatvo berishdan bosh tortdi. Ammo Usmon II bu inkordan keyin ham toʻxtab qolmadi. Oliy sudyaga murojaat etdi. Sudya qonunga qarama-qarshi hukm eʼlon qildi va shahzoda boʻgʻib oʻldirildi. Keyinroq, 1622 yil 20 may kuni Usmon II ning oʻzi ham yanicharlar tomonidan tashkil etilgan davlat toʻntarishi jarayonida oʻldirildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Usmoniylar tarixi” turkumidan: “Oltin qafas”