11:21 / 20.09.2018
7 902

Yangi Zelandiya sohillarida antiqa jonzot topildi (foto)

Yangi Zelandiya sohillarida antiqa jonzot topildi (foto)
Yangi Zelandiyaning Oklend shahri sohilboʻyida noodatiy jonzot topildi.

Pushti rangdagi “mahluq”qa mahalliy plyajlardan birida dam olayotganlar duch kelishgan. Ular topilgan jonzot qimirlab-qimirlab qoʻyayotganini eʼtibor qaratishgan.

Foto: Adam Dickinson
Keyinroq maʼlum boʻlishicha, topilgan “mahluq” sertuk sianeya – ulkan meduza boʻlgan. Taʼkidlanishicha, ushbu meduzaning gumbazi diametri 2 metrgacha, paypaslagichlari uzunligi esa 20 metrgacha yetishi mumkin. Bu turdagi meduzalar plankton, mayda baliq va boshqa mitti dengiz jonzotlari bilan oziqalanadi hamda Atlantika va Tinch okeanlari dengizlarida yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya sohillarida antiqa jonzot topildi (foto)