08:01 / 21.09.2018
5 531

Choʻkib ketgan “afsonaviy kema” topildi

Чўкиб кетган "афсонавий кема" топилди
Avstraliya milliy dengiz muzeyi arxeologlarining fikricha, ular XVIII asrda britaniyalik tadqiqotchi Jeyms Kuk boshqargan HMS Endeavour kemasining choʻkib ketgan joyini aniqlashdi. Bu joy AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Narragansett koʻrfazidagi Got oroli yaqinida joylashgan.

Mutaxassislarning aytishicha, kema qoldiqlarini suv osti qazish ishlaridan keyingina aniq identifikatsiya qilish mumkin. Bu ishlarni 2019 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan. Arxeologlar eman va qaragʻay yogʻochidan tayyorlangan va suv ostida 200 yildan koʻproq vaqt yotgan kemadan aynan nima qolganini bilishmaydi. 21 sentyabrda muzey xodimlari kema choʻkkan joy relyefining batafsil uch oʻlchovli tasvirini taqdim qilishlari kutilmoqda.

Rod-Aylend shtati maʼmuriyati avstraliyalik mutasaddi shaxslarga kemaning har qanday boʻlagini Avstraliyaga olib ketishga ruxsat olish uchun muzokaralar oʻtkazishlariga toʻgʻri kelishini aytgan. Muzey ishchilari qazish ishlari davomida topiladigan baʼzi buyumlarni 2020 yil aprelida, Kukning Avstraliyaga kelishining 250 yilligiga tomoshaga qoʻya olishlariga umid qilishmoqda.

Kema 1764 yilda qurilgan. U 1768 yilda Kuk qoʻmondonligi ostida Angliyaning Plimutini tark etib, oʻzining ilk dunyo boʻylab sayohatiga joʻnagan. 1770 yil aprelida Kuk ushbu kemada Avstraliyaning sharqiy sohiliga yetib kelgan. Taʼkidlanishicha, kema sayohatdan keyin harbiy kemaga aylantirilgan va 1778 yilda AQSH mustaqilligi uchun urush vaqtida choʻktirib yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Choʻkib ketgan “afsonaviy kema” topildi