15:05 / 21.09.2018
5 831

NASA ikki kun ichida Yerga oʻxshaydigan 2 ta sayyorani aniqladi

NASA ikki kun ichida Yerga oʻxshaydigan 2 ta sayyorani aniqladi
Amerika kosmik agentligining TESS yoʻldoshi ikki kun ichida Quyosh tizimi tashqarisida Yerga oʻxshash ikkita sayyora mavjudligini aniqladi. Bu haqda NASAʻning “Tvitter”dagi sahifasida maʼlum qilindi.

Birinchi sayyora 19 sentyabr kuni topildi. Mutaxassislar uni Superer deb atashdi, u Yerdan 60 yorugʻlik yili masofada joylashgan Pi yulduzi atrofida aylanadi. NASAʻdagilar sayyorada suv yoki gazlar mavjud deb taxmin qilishmoqda.

Ikkinchi sayyora 20 sentyabr kuni aniqlandi. Uni Qaynoq yer deb atashdi. U Yerga nisbatan kattaroq boʻlib, 49 yorugʻlik yili masofada joylashgan va LHS 3844 yulduzi atrofida aylanadi.

TESS yoʻldoshi 2018 yil aprelda uchirilgan boʻlib, u ekzosayyoralarni kashf etishga moʻljallangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA ikki kun ichida Yerga oʻxshaydigan 2 ta sayyorani aniqladi