AQSH hukumati xorijliklarga grin-karta va viza berish jarayonini murakkablashtirmoqchi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tegishli qonun loyihasida mamlakatda qonuniy asosda yashayotgan muhojirlarning ijtimoiy himoyadan - Medicaid dasturi asosida ijtimoiy sugʻurta, bolalar tibbiy sugʻurtasi, oziq-ovqat talonlari, ijtimoiy turarjoy va boshqa imtiyozlardan foydalangan qismiga viza yoki grin-karta berishni rad etish nazarda tutilgan.
Alohida holatlarda fuqarolikka daʼvogardan 10 ming dollargacha boʻlgan miqdordagi mablagʻni depozit qilish soʻralishi mumkin. Bu orqali hukumat daʼvogar shaxs keyinchalik oʻzini oʻzi taʼminlay olishiga kafolat olmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi