10:53 / 24.09.2018
4 306

Pompeo: “Rossiyadan na Ukrainada, na Suriyada hech qanday foyda boʻlmadi”

Помпео: "Россиядан на Украинада, на Сурияда ҳеч қандай фойда бўлмади"

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning fikricha, Rossiya Ukrainada ham, Suriyada ham “hech qanday foyda keltirmayapti”. Bu haqda u Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Jurnalistning Rossiyadan “Ukrainada ham, Suriyada ham foyda yoʻqligi”ga oid savoliga Pompeo bu bayonot “juda adolatli ekani” haqida javob qaytardi.

Shu bilan birga, Qoʻshma Shtatlar davlat kotibining taʼkidlashicha, Rossiya hamda AQSHda terrorizm bilan kurash kabi umumiy manfaatlar bor.

“Dunyoda bizning manfaatlar bir-biriga mos keladigan turli joylar bor. Biroq, albatta, qadriyatlar emas, Rossiya bunda bizning davlatdan katta farq qiladi. Ulardan na Ukrainada, na Suriyada hech qanday foyda boʻlmadi”, - deya maʼlum qilgan Pompeo.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeo: “Rossiyadan na Ukrainada, na Suriyada hech qanday foyda boʻlmadi”