14:10 / 24.09.2018
3 917

Musulmon rohinjalar bilan bogʻliq muammo eʼlon qilindi

Musulmon rohinjalar bilan bogʻliq muammo eʼlon qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti joriy yilning sentyabr oyida Rohinja musulmonlarining Bangladesh hududiga koʻchib oʻtishi oqibatida yirik ekologik muammo yuza kelgani haqida maʼruzani eʼlon qildi.

Bunga koʻra, etnik guruhning millionlab vakillarining Bangladesh markazidagi Koks-bozor shahri yaqiniga kelib joylashishi oqibatida atrof-muhitga ulkan zarar yetgani aytilmoqda.

Hisobotda ularning koʻchishi yetti yoʻnalishda zarar keltirayotgani aytilgan. Bular:

– qochoqlar hayot kechirishi va uy qurishi uchun oyiga oʻrtacha 6800 tonna yogʻoch kerak. Shu sabab 4300 akr maydondagi mahalliy oʻrmonlar kesib tashlangan. Bu esa Bangladesh oʻrmonlarining yoʻqolib ketishiga olib kelishi mumkin;

– Qochoqlar lagerida oʻrnatilgan nayli quvurlar grunt suvlari ifloslanishiga sabab boʻlgan. Bu esa koʻchkilarga sabab boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon rohinjalar bilan bogʻliq muammo eʼlon qilindi