09:53 / 25.09.2018
4 318

Ukraina xavfsizlik xizmati Jirinovskiyni tergovga chaqirdi…

Ukraina xavfsizlik xizmati Jirinovskiyni tergovga chaqirdi…

Haqiqatan, Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya liberal demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyni Kiyevdagi boshqarmasiga chaqirgan. Siyosatchi shu yilning 27 sentyabr kuni soat ertalabki 09:00 da boshqarmaga yetib borishi shart. Bu yerda Jirinovskiyga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov jarayoni boʻlib oʻtadi. Tergovga Jirinovskiy gumondor sifatida jalb etilgan. Bu ishni amalga oshirish uchun Kiyev sudi rasman ruxsat bergan.

Aytishlaricha, Jirinovskiy, yana shu partiya aʼzolari Mixail Degtyarev, Aleksey Didenkolar Donesk hamda Lugansk respublikalarini moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati vakillari aytib oʻtdiki, 2014 yili Jirinovskiy va uning qoʻl ostidagi ikki partiyadoshi Rossiya xalqiga murojaat etib, Donesk va Lugansk respublikalari aholisiga moddiy koʻmak berishga chaqirgan. Buning uchun moddiy koʻmak qabul qiluvchi alohida boʻlimlar ham tashkil etilgan.

Bundan tashqari, Jirinovskiyni Donesk rahbarlariga Moskva shahridan vakillik faoliyati yuritishga moʻljallangan alohida joy topib berganlikda, harbiy harakatlar uchun moʻljallangan oltita avtomobil hadya etganlikda ayblashmoqda. Bu jinoyatlar uchun siyosatchi va uning sheriklari Ukraina jinoyat majmuasi alohida moddalariga asosan 10 yildan 12 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum etilarkan. Yana Ukraina bosh prokuraturasidagilarning gapiga qaraganda, Jirinovskiyga nisbatan Yevroittifoq, Kanada, Avstraliya, Shveysariya tarafidan alohida sanksiyalar eʼlon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina xavfsizlik xizmati Jirinovskiyni tergovga chaqirdi…