23:23 / 27.09.2018
7 621

Qaygʻuli rasm Turkiyadagi suriyalik qizning hayotini oʻzgartirdi

Qaygʻuli rasm Turkiyadagi suriyalik qizning hayotini oʻzgartirdi
Turkiyada yashovchi suriyalik qiz Halima Kumaning hayoti ijtimoiy tarmoqlarda qogʻoz yigʻiladigan qopda qoʻlida kitob va qalam bilan tushgan rasmi tarqalganidan soʻng oʻzgarib ketdi.

Taqriban bir yil oldin 11 yoshli Halima katta oilasi bilan Istanbulga kelgan. Istanbulga kelganidan beri maktabga bormagan. Buning oʻrniga shahar koʻchalaridan qogʻoz terishga otasiga yordam bergan.

Surati tarqalganidan keyin uning qissasi taʼlim vaziri Ismat Yilmazga yetib borgan va vazir unga yordam berishga qaror qilgan. Halima joriy yil 25 sentyabrdan boshlab maktabga boryapti.

Halima: “Men judayam baxtliman. Chunki endi maktabga kitoblarga yaqin boʻlaman”, degan.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaygʻuli rasm Turkiyadagi suriyalik qizning hayotini oʻzgartirdi