23:45 / 27.09.2018
7 382

Hindistonda zino endi jinoyat hisoblanmaydi

Hindistonda zino endi jinoyat hisoblanmaydi
Hindiston Oliy sudi zinoni jinoyatlar roʻyxatidan chiqardi, deya xabar bermoqda VVSga tayanib “Azon” nashri.

158 yil amalda boʻlgan qonunda erli ayol bilan zino qilgan erkakni besh yilga ozodlikdan mahrum etish yoki uni jarima jazosiga tortish belgilangan edi. Bugunga qadar necha kishi bunday jazoga tortilgan maʼlum emas.

“Zino fuqarolik huquqida oilaning buzilishi uchun sabab hisoblanishi mumkin, biroq jazoga tortishga sabab boʻladigan jinoyat emas. Zino baxtsiz turmushning sabab boʻlishi mumkin, natijasi emas. Qolaversa, er ayolning xoʻjayini emas”, – dedi Oliy sud aʼzosi Dipak Misra.

Uning fikricha, ayolning erining roziligisiz boshqa birov bilan jinsiy aloqa qilishini taqiqlash jinsiy erkinlikka ziddir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda zino endi jinoyat hisoblanmaydi