13:01 / 28.09.2018
4 437

Xitoyda yuragi urishdan toʻxtagan bolani vrachlar 5 soatda nihoyat hayotga qaytara olishdi

Xitoyda yuragi urishdan toʻxtagan bolani vrachlar 5 soatda nihoyat hayotga qaytara olishdi
Xitoyning Chanchjou shahar kasalxonasiga 8 yashar bolani olib kelishgandi. Bola miokardit bilan ogʻrigan ekan. Maʼlumki, bu xastalik yurakning chap qismi qon oʻtkazish imkonini yoʻqotganidan darakdir. Miokarditga uchragan bemorlarning 90 foizi aksar hollarda oʻlim topadi.

Lekin vrachlar ortga chekinishni istashmadi. 5 soat davomida 30 nafar vrach bir-birlari bilan oʻrin almashgan holda urishdan toʻxtagan yurakni uqalash amaliga zoʻr berdi. Qarangki, umridan bor ekan, Olloh bolakayni qaytib berdi. Yuragi yana ura boshladi.

Hozirgi kunda Syao Yuy ismli bu bolajon muolajalar olishda davom etyapti. Ahvoli juda yaxshi, oʻzini tetik his etmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda yuragi urishdan toʻxtagan bolani vrachlar 5 soatda nihoyat hayotga qaytara olishdi