07:30 / 29.09.2018
4 766

Qirgʻiziston parlamenti deputati suvni Oʻzbekistonga sotishni taklif qildi

Qirgʻiziston parlamenti deputati suvni Oʻzbekistonga sotishni taklif qildi
Qirgʻizistonning Joʻgʻoʻrqu Kenesh deputati Kenjebek Bokoyev hukumat eʼtiborini Qirgʻizistondagi suv omborlaridagi vaziyatga qaratdi va suvni qoʻshni respublikalarga sotishni taklif qildi.

Deputatning taklifi parlamentning 27 sentyabr kungi majlisida yangradi.

“Talas viloyatidagi Kirov suv omborida 2 ming gektar yer suv ostida qolgan. Biz u yerda suv toʻplaymiz va Qozogʻistonga beramiz. Umuman suv omboridagi suvlarning 90 foizidan Qozogʻiston va Oʻzbekiston bepul foydalanadi. Hukumat ulardan pul undirish choralarini koʻrishi kerak”, - dedi Bokoyev.

Deputat, shuningdek, Talas viloyatining oʻzida yerlar yetarlicha sugʻorilmagani uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlarining narxi tushib ketganini va hosil qishloq mehnatkashlarining mehnatini oqlamayotganini taʼkidladi. Uning aytishicha, bu yerda bir kilogramm loviya 30-35 soʻm (0,5 dollarga yaqin), gilos esa – 7-10 soʻmga sotilgan.

Talas viloyatining Manas va Qora Buura tumanlari chegarasidagi Kirov suv ombori 1975 yilda qurilgan. Suv omborida 550 mln kubometrgacha suv saqlanadi. Suvning 12 foizidan Qirgʻiziston foydalanadi, qolgan qismidan esa kelishuvga binoan Qozogʻiston foydalanadi.

Foydalanilgan suv evaziga Qozogʻiston har yili inshootni taʼmirlash uchun 70 million tenge (194 ming dollardan ortiq) mablagʻ ajratadi. Biroq qirgʻiz tomoni bu mablagʻlar yetarlicha emasligini aytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻiziston parlamenti deputati suvni Oʻzbekistonga sotishni taklif qildi