13:30 / 29.09.2018
4 761

“National Geographic”ning fikricha Markaziy Osiyoda borib koʻrish zarur boʻlgan 5 joy (foto)

“National Geographic”ning fikricha Markaziy Osiyoda borib koʻrish zarur boʻlgan 5 joy (foto)
“National Geographic” jurnali Markaziy Osiyoda borib koʻrish zarur boʻlgan 5 ta joyni qayd etdi.

Boy madaniyat va rang-barang landshaftlariga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari katta birlik sifatida qabul qilinadi va koʻpincha eʼtiborsiz qoladi. Ammo bu hududda oʻzining goʻzal tabiati, tarixi va qadimiy anʼanalari bilan mashhur boʻlgan koʻplab shaharlar bor, deb yozadi “National Geographic”.

1. Qozogʻistondagi togʻ yonbagʻrida joylashgan “Medeo” sport majmuasi. Bu majmua Olmotada joylashgan. U qish mavsumida oʻzining qorli archalari, togʻlari va moviy osmoni bilan ertakni eslatadi.

2. Qirgʻizistondagi “Toshrabot” saroy majmuasi. 600 yillik tarixga ega tosh qalʼasi Norin viloyatida joylashgan.

3. Tojikistondagi Pomir dovoni. Bu togʻyoʻli Badaxshon avtonom viloyatida joylashgan.

4. Turkmanistondagi “Gonur-Depe” qadimiy nekropoli. Bu tepalik eramizdan avvalgi 2300 yillarda ham boʻlgan.

5. Oʻzbekistonning Buxoro shahri.Markaziy Osiyoning muqaddas shaharlaridan biri boʻlib, unda oʻtmish va bugungi kun aks etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “National Geographic”ning fikricha Markaziy Osiyoda borib koʻrish zarur boʻlgan 5 joy (foto)