10:26 / 01.10.2018
5 683

Alisher Usmonov: “Rossiyada birgina oligarx qolgan”

Алишер Усмонов: "Россияда биргина олигарх қолган"
Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov Rossiyada birgina oligarx qolganini aytdi. U bunday fikrni “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyuщiye litsa s Nailey Asker-zade” koʻrsatuvida bildirgan.

Usmonovning fikricha, oligarxlikka mansub boʻlishning bosh mezoni hokimiyatdan biznesning olinishi hisoblanadi, shu sababli u oʻzini oligarxlar qatoriga kiritmaydi.

“Men “oligarx” soʻzini umuman yoqtirmayman. Oligarx pul toʻlamay barchasini olgan odamdir. Men hayotimda undaylar sirasiga kirmaganman”, deb aytgan milliarder.

Usmonov, shuningdek, Rossiyada birgina oligarx qolganini aytgan, biroq uning shaxsini oshkor qilmagan. “Fikrimcha, bizda bu vagonda birgina yoʻlovchi qolgan, vagon boʻm-boʻsh, u esa bir oʻzi unda oʻtirib, hanuzgacha aylanib yuribdi. Ana u oligarx”, deb aytgan Usmonov va bu odam birgina kompaniyasidan tashqari barcha narsasini yoʻqotganini qoʻshimcha qilgan.

Hozirda Alisher Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholanib, u eng boy rossiyaliklar roʻyxatida 10-oʻrinni egallamoqda.

2018 yilda tadbirkor AQSH moliya vazirligining “Kreml dokladi” – Vladimir Putinga yaqin odamlar roʻyxatiga tushgan. Ularga kelgusida AQSH tomonidan sanksiyalar qoʻllanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov: “Rossiyada birgina oligarx qolgan”