23:20 / 01.10.2018
6 555

Ostonada oʻzbekistonlik 8 nafar qiz fohishalikka majburlangan

Ostonada oʻzbekistonlik 8 nafar qiz fohishalikka majburlangan
Ostonada yashovchi 40 yoshli ayol fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etishda gumonlanmoqda, deb xabar beradi Kun.uz.

Jabrlanuvchilardan birining aniqlik kiritishicha, “Oksana” (gumonlanuvchi oʻzini shunday deb tanishtirgan) qizlarning pasportini olib qoʻygan va ular har kuni saunalar, mehmonxonalar hamda ijaraga olingan kvartiralarda jinsiy xarakterga ega xizmatlarni koʻrsatish orqali 17 ming tengedan (taxminan 377 ming soʻm) pul berishlari haqida shart qoʻygan.

“Gumonlanuvchining yashash joyida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan sakkiz nafar qizning pasportlari va pullar topildi. Bundan tashqari, gumonlanuvchining kvartirasida yana uch nafar qiz boʻlgan. Ularning politsiyaga xabar berishicha, kvartira egasi ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan va pul bermagan”, - deyiladi nashr xabarida.

Tadbirlarni oʻtkazish chogʻida fohishalik bilan shugʻullanishga majburlangan boshqa qizlar boʻlgan yana bir nechta kvartira aniqlandi.

Sudga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish maqsadida ular “Korgau Ostona” xususiy jamgʻarmasiga joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada oʻzbekistonlik 8 nafar qiz fohishalikka majburlangan