15:40 / 02.10.2018
4 008

Yaponiya hukumati isteʼfoga chiqdi

Yaponiya hukumati isteʼfoga chiqdi
Yaponiya hukumati toʻliq tarkibda yangi saylangan bosh vazir Sindzo Abe oʻzgarishlarni amalga oshirishi uchun isteʼfoga chiqdi deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Avvalroq, hokimiyat tepasida boʻlgan Liberal-demokratik partiya (LDP) aʼzolari Sindzo Abeni oʻz raisi etib qayta saylashgandi.

Agentlikdan aytishlaricha, Abe asosiy vazirlarni saqlab qoladi va radikal oʻzgarishlardan voz kechishi mumkin. Shu bilan birga, taʼkidlanishicha, 18 nafar vazirdan faqat uchdan bir qismi Abening hisob boʻyicha uchinchi hukumatida oʻz oʻrnini saqlab qoladi.

Kyodoʻdan qoʻshimcha qilishlaricha, Yaponiya bosh vaziri bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri Taro Asoni, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suguni va tashqi ishlar vaziri Taro Kononi oʻz lavozimida olib qolish niyatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya hukumati isteʼfoga chiqdi