OAV: Rossiya hukumati dollardan voz kechishni rejalashtirmoqda

  • 03 oktyabr 2018, 16:10
  • 2 649
  • Dunyo
  • OAV: Rossiya hukumati dollardan voz kechishni rejalashtirmoqda
    Rossiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini dollarsizlashtirishni oʻz ichiga olgan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda The Bell manbalarga tayangan holda xabar berdi.

    Ularning soʻzlariga koʻra, loyiha “bir-ikki haftadan” soʻng Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan tasdiqlanishi kerak. Muhokama jarayonida eksportchilar, shuningdek, mamlakatning eng yirik banklari, shu jumladan, Markaziy bank vakillari ham ishtirok etmoqda.

    Mavjud maʼlumotlarga koʻra, qonun loyihasi AQSH valyutasidan foydalanishni bekor qilishni nazarda tutmaydi. Gap boshqa milliy valyutalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish, valyuta qonunchiligini erkinlashtirish va valyuta nazoratini soddalashtirish haqida ketmoqda. Ushbu qadamlar biznesga istalgan valyuta yordamida hisob-kitobni amalga oshirish va bunda ortiqcha yoʻqotishlarga uchramaslik imkonini berishi kerak.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OAV: Rossiya hukumati dollardan voz kechishni rejalashtirmoqda