08:02 / 04.10.2018
4 788

Putin: “AQSHda boshqa prezident yoʻq va bori bilan ishlaymiz”

Путин: "АҚШда бошқа президент йўқ ва бори билан ишлаймиз"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “AQSHda boshqa prezident yoʻqligi” sababli amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan keyin ham ishlashda davom etishga tayyorligini bildirgan.

“AQSHda boshqa prezident yoʻq, boshqa AQSH ham yoʻq. Biz bori bilan ishlaymiz”, deb aytgan Putin “Rossiya energetika haftaligi” forumi yalpi yigʻilishida.

Putin AQSHning dunyodagi eng yirik davlat ekani va koʻp jihatlardan yetakchiligini tan olib, Rossiya sanksiyalarga qarshi tegishlicha javob berishni davom ettirishini aytgan.

“Biz javob bermoqdamiz, buni avvalambor oʻzimizga ziyon yetkazib qoʻymaslik uchun juda bosiqlik bilan amalga oshirmoqdamiz. Biz keyin ham shunday qilamiz”, deb qoʻshimcha qilgan Putin.

Rossiya prezidentining taʼkidlashicha, Rossiyada anchadan beri sanksiyalar ularni joriy qiluvchilarga ziyon yetkazishi haqida qarorga kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: “AQSHda boshqa prezident yoʻq va bori bilan ishlaymiz”