22:42 / 04.10.2018
9 774

Qurʼoni Karimni 30 yil davomida tikib yozgan muslima ayol haqida (video, foto)

Qurʼoni Karimni 30 yil davomida tikib yozgan muslima ayol haqida (video, foto)
Madina shahridagi Qurʼon muzeyida oʻttiz yil davomida tikib yozilgan Qurʼoni Karim namoyish etilgani haqida maʼlum qilingan edi.

Ushbu Musʼhafi sharifning gʻaroyibligi shundaki u na qalam va na siyoh yoki koʻmir kabi narsalarning birontasi bilan yozilgan emas. Ushbu Qurʼonni Pokistonning Panjob shahrida yashovchi bir ayol toʻliqligicha oʻz qoʻllari bilan naqsh yoʻlida tikib chiqqan.

Muslima bu ishni 1987 yil boshlab 2018 yil tamomlagan. Nasim Axtar Qurʼonning biron bir harfini tahoratsiz yozmaslikka va u ishni kechaning oxirgi uchdan bir qismidan boshqa vaqtda qilmaslikka ahd qilgan.

Nasim xonim Allohning kitobini naqsh qilib tikib chiqish uchun 30 yildan koʻproq vaqt davomida mehnat qilgan.

Bu ayol Qurʼoni Karimni toʻlaligicha tikib boʻlgach shu yilgi haj mavsumida Madina shahridagi Qurʼon muzeyiga uni hadya qilgan. Ayol tomonidan tikilgan Kitob sinchkovlik bilan tekshirib chiqilgach, muzeyga qoʻyildi.

Опубликовано Rustam Tillabaev Cреда, 3 октября 2018 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qurʼoni Karimni 30 yil davomida tikib yozgan muslima ayol haqida (video, foto)