06:00 / 05.10.2018
3 785

AQSHning bir qator kompaniyalari serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi

AQSHning bir qator kompaniyalari serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi
AQSHning bir qator kompaniyalari, jumladan Apple va Amazon serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi. Umumiy hisobda bu chiplar AQSHning deyarli 30 korxonasi serverlarida aniqlangan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, chiplar yordamida hujum AQSHning Super Micro Computer Inc. (Supermicro) kompaniyasi orqali amalga oshirilgan.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilarni AQSHga yetkazib beriluvchi serverlarga mikrochiplarni oʻrnatishni Xitoy qurolli kuchlari boʻlinmalaridan biri majburlagan.

Bu chiplar oʻlchami boʻyicha guruch donidek keladi. Chiplar serverlar ustidan nazoratni qoʻlga olib, maʼlumotlarni filtrlagan va “troyan” dasturiy kodini kiritgan.

Hujum sodir etilgani Apple va Amazonʻda ichki tergov oʻtkazilgandan keyin aniqlangan. Biroq qanday maʼlumotlar sizib chiqqani maʼlum qilinmagan.

Apple va Amazonʻda Bloomberg maʼlumotlari rad etilmoqda.

Insayderlardan birining aytishicha, hujumdan asosiy maqsad AQSH mudofaa vazirligining maʼlumotlarni qayta ishlash serverlari, harbiy-dengiz kuchlari harbiy kemalari bort tarmoqlari va Markaziy razvedka boshqarmasi uchuvchisiz qurilmalari operatorlari boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning bir qator kompaniyalari serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi