13:26 / 05.10.2018
4 721

Ilon Mask oʻzini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kuldi

Ilon Mask oʻzini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kuldi
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask tvitterdagi oʻz sahifasida AQSH qimmatbaho qogʻozlar va birjalar boʻyicha komissiyasining ustidan kuldi.

Avvalroq, ushbu idora va Mask Tesla asoschisiga firibgarlik boʻyicha qoʻyilgan ayblovlarni sudga qadar tartibda hal qilgani xabar berilgandi. Komissiya Maskdan Tesla direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketishni hamda 20 million dollar jarima toʻlashni talab qildi.

“Shunchaki shuni aytmoqchimanki, Boyish boʻyicha firibgarlik komissiyasi (Shortseller Enrichment Commission, idoraning haqiqiy nomi - Securities and Exchange Commission. - tah.) ajoyib ish qilmoqda”, - deya yozadi Mask.

Shuningdek, u komissiyaga nomni oʻzi oʻylab topganga oʻzgartirishni maslahat berdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ilon Mask bir kunda 1,5 mlrd dollar yoʻqotgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask oʻzini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kuldi