15:05 / 05.10.2018
4 271

Janubiy Koreya sobiq prezidenti poraxoʻrlik uchun 15 yilga qamaldi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti poraxoʻrlik uchun 15 yilga qamaldi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxoʻrlik uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reutersʻga tayanib “Kun” nashri xabar bermoqda.

2008 yildan 2013 yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan Janubiy Koreya sobiq rahbarini turli kompaniyalar, jumladan, Samsungʻdan pora sifatida 10 million dollar miqdorida pul olishda ayblashmoqda. Li Myon Bakning oʻzi qoʻyilgan ayblarni inkor etyapti.

Li Myon Bak qamoqqa tushib qolgan Janubiy Koreyaning toʻrtinchi prezidenti boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xening qamoq muddati 25 yilgacha oshirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya sobiq prezidenti poraxoʻrlik uchun 15 yilga qamaldi