19:20 / 05.10.2018
6 076

Qumlar orasida: Sahroi Kabirdagi temir yoʻlning koʻrinishi qanday? (foto)

Qumlar orasida: Sahroi Kabirdagi temir yoʻlning koʻrinishi qanday? (foto)
Bu temir yoʻlni dunyodagi eng ekstremal deb atash mumkin. Relslar bepoyon Sahroi Kabir qumlari orasiga qurilgan, ayovsiz quyoshda qizigan, biroq tarkib baribir sahro oʻrtasidan oʻtadi.

Yoʻl Mavritaniyaga tegishli va Zueratuni Nuadibu porti bilan bogʻlaydi. Unda uzunligi 3 kilometr boʻlgan tovar poyezdlarida faqat ishchilar harakatlanadi. Bu odamlar nima bilan band? Ular temir rudasini yovvoyi jaziramaga olib borishadi.

Foto: Wikipedia
Odamlar tomda, baʼzida esa qazilma bilan bir konteynerda ketishadi. Bu yerda ana shunday usulda harakatlanadigan koʻplab savdogarlarni uchratish mumkin.

Harorat - deyarli 50 daraja issiq. Jami masofa 20 soatdan kam vaqt olmaydi. Tabiiyki, aborigenlar bunday sharoitga koʻnikkan. Sayyohlar esa marshrutdan zavq olishmaydi.

Foto: LiveJournal/griphon
Relslar oʻtgan asrning 60-yillarida qoʻyilgan. Oʻsha vaqtdan beri doimiy ravishda foydalanib kelinadi. Ehtimol keyingi bir necha oʻn yillikda ham bu holat davom etar.

Foto: LiveJournal/griphon

Foto: LiveJournal/griphon

Foto: LiveJournal/griphon

Foto: LiveJournal/griphon

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qumlar orasida: Sahroi Kabirdagi temir yoʻlning koʻrinishi qanday? (foto)