Pokistonlik tergovchilar Karachi shahrida yashovchi muzqaymoq sotuvchisining bank hisob raqamida milliardlab rupiylarni aniqlashdi. Qizigʻi, sotuvchining oʻzi bundan bexabar boʻlgan.
Kuniga 4 dollar topadigan Muhammad Abdulqodir ismli ushbu shaxsning hisob raqamida 2,3 mlrd Pokiston rupiysi (18,6 mln dollar) bor boʻlgan. Erkakning aytishicha, u bu pullardan bexabar boʻlgan, hisob raqam esa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi asosida ochilgan.
“Men dunyodagi eng omadsiz insonman. Hisob raqamimda shuncha pul borligini bilganimda, pullar u yerda yoʻq edi”, deb aytgan erkak.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkak haqiqatan ham ushbu pullarga aloqasi yoʻqligi haqidagi qarorga kelishgan, chunki u savodsiz boʻlgani sababli hattoki hujjatlarni imzolay olmagan.
Tergov davomida shunga oʻxshash yana 77 ta hisob raqam aniqlangan. Bu hisob raqamlar orqali umumiy hisobda 280 mln dollardan koʻproq pul oʻtgan. Ushbu pul yuvish sxemasini tuzishda Pokistonning sobiq prezidenti Asif Ali Zardariy gumon qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi