Dunyoga oʻzining yashirin hayot tarzi va hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini aks ettiruvchi rasmlari bilan mashhur boʻlgan Benksi ismli rassom yana bir tomosha koʻrsatdi.
Masalan, Parijdagi Suriyadan qochib kelgan migrantlar yashaydigan hududda chizilgan “Suriyalik migrant oʻgʻli” rasmi ham katta shov-shuv boʻlgan edi.
Benksi odatda graffiti uslubida koʻcha devorlarida rasm chizadi, lekin 5 oktyabr kuni ilk bor uning “Havo shari ushlab turgan qiz bola” kartinasi Londondagi mashhur auksionda sotilishi kerak edi.
Qogʻozga akvarel boʻyoqlar bilan chizilgan kartinaning narxi 250-300 ming dollar atrofida belgilangan edi. Lekin savdo boshlanganidan keyin uning narxi keskin oshib ketdi va u 1 mln. funtga (1,4 mln dollargacha) sotildi. Lekin auksion boshlovchilsi “Bir, ikki, uch – sotildi” deyishi bilanoq...
Rasm ramkasi ichida oʻrnatilgan yashirish shreder ishlab ketdi va kartina oʻz-oʻzini mayda boʻlaklarga qirqib tashladi.
Bu albatta Benksi tomonidan uyushtirilgan navbatdagi ajoyib tomosha boʻldi. Benksining oʻzi ushbu hodisani Pikasso aytgan mashhur soʻzlar bilan izoh qoldirgan: “Yoʻq qilishga boʻlgan ishtiyoq ham ijodiy istak”.
Instagramda Benksining muxlislari ushbu hodisani bu “Qimmat kartinalarni sotib olib oʻyida bir oʻzi tomosha qiladigan boylarga qarshi aksiya” deb atashdi. Boshqalar esa, “Benksi hozirgina ushbu kartina narxini bir necha barobarga oshirdi” deb izoh qoldirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?