23:03 / 07.10.2018
5 125

London butkul suv ostida qolishi mumkinmi?

London butkul suv ostida qolishi mumkinmi?
Global isish tufayli London kuchli suv toshqini ostida qolish xavfida. “Nasroniylar yordami” jurnalida keltirilgan maʼruzada shu haqida maʼlum qilingan.

Manbada taʼkidlanishicha, global isish natijasida havo harorati 1,5 darajadan ortiqqa isigan taqdirda, dengiz sathi 40 santimetr va undan-da koʻproqqa koʻtarilishi mumkin. Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, bu kabi iqlim oʻzgarishlari sababli qator yirik shaharlardagi muammolar, xususan yer yuzasining pasayishi va notoʻgʻri loyihalashtirish vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Hujjatda keltirilishicha, Buyuk Britaniya poytaxti hukumati tobora koʻproq shaharning suv toshqinidan asosiy himoyasi hisoblangan Temza toʻsigʻidan foydalanishga majbur boʻlmoqda. Toʻgʻon endigina qurilgan 1984 yilda undan yiliga uch martadan ortiq foydalanmaslik rejalashtirilgan edi, bugunga kelib esa u yiliga olti-yetti marta qoʻllanilmoqda.

Foto: Getty Images. Temza toʻsigʻi

Bundan tashqari, ekspertlar maʼlumotlariga koʻra, Xyuston, Shanxay, Bangkok, Jakarta, Manila, Laos va Dakka kabilar ham suv toshqini xavfi ostida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London butkul suv ostida qolishi mumkinmi?