15:30 / 08.10.2018
4 001

Dushanbe aeroportida politsiyachi oʻz hamkasbini oʻqqa tutdi

Dushanbe aeroportida politsiyachi oʻz hamkasbini oʻqqa tutdi
Dushanbe aeroportida militsiya zobiti boshqa bir zobitga oʻq uzib, yaraladi. Hodisa 6 oktyabr kuni kechqurun sodir boʻldi, deya xabar qilmoqda Kun.uz.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Dushanbe aeroporti IIVB jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlaridan biri oʻz hamkasbiga qarata oʻq uzgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, otishma sodir etgan militsiya xodimi mast boʻlgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Imomali Umarjoniy shunday hodisa yuz berganini tasdiqlab, oʻq uzgan politsiya xodimi ushlangani va yaralangan xodim shifoxonada ekanini taʼkidlab oʻtdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dushanbe aeroportida politsiyachi oʻz hamkasbini oʻqqa tutdi