09:18 / 10.10.2018
4 675

Turk politsiyasi Ozarboyjonning bosh oʻgʻrisini ushladi

Turk politsiyasi Ozarboyjonning bosh oʻgʻrisini ushladi
Istanbul politsiyasi maxsus operatsiya davomida jinoiy doiralarda Lotu Guli laqabi bilan maʼlum boʻlgan, Ozarboyjonning bosh “qonundagi oʻgʻrisi” Nodir Salifovni ushladi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Turkiyada Salifov haqida ozarboyjonlik boshqa jinoiy “avtoritet” Ravshan Janiyev oʻldirilgandan keyin gapirila boshlangan. Janiyev aynan Salifovning koʻrsatmasi bilan oʻldirilgani gumon qilinadi.

Salifov Rossiya OAVda Turkiyada boʻla turib Rossiyaning Kaluga viloyatidagi tadbirkorlardan oʻlpon yigʻayotgani haqida maʼlumot paydo boʻlgandan soʻng Istanbul politsiyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi koʻz ostiga tushgan.

8 oktyabrda Salifov Turkiyadan turib videokonferensiya yordamida Rossiyadagi ozarboyjonlik tadbirkorlarga oʻlpon solgani haqida maʼlum qilingan.

Salifov 23 avgustda Chernogoriyada qoʻlga olingan, biroq qoʻyib yuborilgan. U odam oʻgʻirlash, tovlamachilik va bosqinchilik ayblovlari bilan xalqaro qidiruvga berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk politsiyasi Ozarboyjonning bosh oʻgʻrisini ushladi