09:25 / 11.10.2018
3 815

“Barselona” yarim himoyachisi turkiyalik qoʻshiqchining burnini sindirdi (foto)

"Барселона" ярим ҳимоячиси туркиялик қўшиқчининг бурнини синдирди (фото)
Transfer huquqi “Barselona”ga tegishli boʻlgan “Istanbul Bashakshexir” yarim himoyachisi Arda Turan Istanbuldagi tungi klublarning birida turkiyalik qoʻshiqchi Berkay Shexinga hujum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, futbolchi qoʻshiqchining xotini Ozlem Shaxinga tegajogʻlik qilgan, natijada ayolning eriga tashlanib, uning burnini sindirgan. Berkay Shaxin kasalxonaga yotqizildi va operatsiya qilindi. Voqeadan soʻng Turan mushtlashuvda jabr koʻrgan qoʻshiqchidan kechirim soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyida “Sivasspor”ga qarshi bahsda (1:1) laynsmenni turtib yuborgani uchun 16ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Barselona” yarim himoyachisi turkiyalik qoʻshiqchining burnini sindirdi (foto)