10:52 / 11.10.2018
3 544

Misr sobiq prezidentining oʻgʻli qoʻlga olingani maʼlum qilindi

Misr sobiq prezidentining oʻgʻli qoʻlga olingani maʼlum qilindi
Misr xavfsizlik kuchlari Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning kenja oʻgʻli Abdullohni Qohiraning gʻarbiy qismida qoʻlga olishgan. Bu haqda Mursiyning toʻngʻich oʻgʻli Ahmad maʼlum qilgan.

2017 yil oktyabrda Mursiyning boshqa bir oʻgʻli Usama Misrning Ash-Sharqiya iloyatida ushlanib, qurol saqlash ayblovi bilan 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 2017 yil sentyabrda Qohira appelyatsiya sudi Abdullohga Qatar foydasiga josuslik qilish ayblovi bilan chiqarilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish hukmini qoʻllab-quvvatlagan.

Maʼlum qilinishicha, maxsus kuchlar xodimlari Abdulloh oʻz oilasi bilan yashaydigan uyni soat 7.30da qurshab olishgan. Uch zobit uyga kirib, Abdullohni ushlab, oʻzlari bilan olib ketishgan. Taʼkidlanishicha, u hozirda qayerdaligi nomaʼlum.

Maʼlum qilinishicha, Muhammad Mursiy va uning “Musulmon birodarlar” harakati boʻyicha safdoshlari uning prezidentligi vaqtida Misr maxsus xizmatlari va armiyasi faoliyatiga tegishli oʻta maxfiy hujjatlarni Misr davlatini zaiflashtirish maqsadida Qatar razvedkasiga topshirgan. Mursiy va boshqa sudlanuvchilar oʻz ustlaridan olib borilayotgan sudni tan olmasliklarini va buni Misrning yangi hukumati ishi deb hisoblashlarini aytishgan.

Mursiy hokimiyatdan chetlatilgandan keyin unga nisbatan 5 ta jinoiy ish ochilgan. Jumladan, unga prezident saroyi oldida uning tarafdorlari va dushmanlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar, Qatar va XAMAS foydasiga josuslik qilish, 2011 yildagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida turmadan qochish va sudyalarni haqoratlash boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr sobiq prezidentining oʻgʻli qoʻlga olingani maʼlum qilindi