Qodirov uni “sharmanda qilgan” chechenistonlikka darhol Grozniyga kelishni buyurdi (video)

  • 11-10-2018, 14:16
  • 1 419
  • Dunyo
  • Qodirov uni “sharmanda qilgan” chechenistonlikka darhol Grozniyga kelishni buyurdi (video)
    Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov metroda yonida oʻtirgan yoʻlovchiga banka otgan nomaʼlum yigitning xatti-harakatlariga keskin munosabat bildirdi.

    Internetda paydo boʻlgan videodan koʻrish mumkinki, shaxsi aniqlanmagan yosh yigit energetik ichimlik bankasini yonida oʻtirgan odamga qarata otishi tasvirlangan. Shu bilan birga, ushbu shaxs shunday degan: “Axmat - kuch”. Bildirilishicha, yigit Checheniston rahbariga aloqador boʻlgan sport klubini nazarda tutgan.

    Qodirov oʻzining telegram-kanalida bu yigitga ultimatum qoʻydi: oʻz yaqinlari bilan darhol Grozniyga yetib kelish. Shuningdek, Checheniston rahbarining qoʻshimcha qilishicha, bu harakat oʻziga juda yomon taʼsir qilgan.

    “Bugun men juda ham gʻazabdaman”, - deb yozadi siyosatchi. Uning qoʻshimcha qilishicha, videoning muallifida bu talabni bajarish uchun bir necha soat vaqti bor, aks holda u juda afsuslanadi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqqandi.

    » » Qodirov uni “sharmanda qilgan” chechenistonlikka darhol Grozniyga kelishni buyurdi (video)