20:20 / 11.10.2018
4 581

Bugun koinotga uchirilgan “Soyuz” kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi

Бугун коинотга учирилган "Союз" космик кемаси ҳалокатга учради, экипаж тирик қолди
Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa oʻtib halokatga uchradi, deb yozmoqda Sputnik.

Kema ichida boʻlgan rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va amerikalik astronavt Nik Xeyg qoʻnish kapsulasida sogʻ-omon yerga qoʻnishgan.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin ushbu hodisa sodir boʻlganidan bir necha soat oʻtib Baykonurga yetib borgan va vaziyatni joyida boshqarib bormoqda.

Dastlabki xulosalarga koʻra, raketa tashuvchining birinchi bosqichda ishlaydigan 4 ta dvigateldan biri kerakli vaqtda korpusdan ajralmagan va buning oqibatida ikkinchi bosqich dvigatellari ishlamay qolgan. Ayni damda fojea sabablari oʻrganilmoqda.

Roskosmos xabariga koʻra, ushbu avariya Rossiya kosmik kemalari bilan 2001 yildan buyon sodir boʻlgan birinchi avariyadir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun koinotga uchirilgan “Soyuz” kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi