Reyting: Yashash va ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar

  • 11-10-2018, 23:05
  • 910
  • Dunyo
  • Reyting: Yashash va ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar
    Expat Explorerʻning 2018 yilgi soʻrovnomasi natijalariga koʻra, Singapur ekspatlar uchun eng yaxshi mamlakat sifatida eʼtirof etildi. Bloombergga tayanib Kun nashri shu haqida xabar berdi.

    Undan keyingi oʻrinda Yangi Zelandiya kelgan, uchinchi pogʻonani Germaniya egallagan. Shuningdek beshlikdan Kanada va Bahrayn oʻrin olgan. Taʼkidlanishicha, reyting tuzishda nafaqat daromadlar darajasi, balki turmush sifati ham hisobga olingan. Bu koʻrsatkichlarga koʻra esa davlat-shahar (Singapur) toʻrtinchi marta roʻyxatda yetakchilik qilmoqda.

    Agentlik shuningdek ekspatlarga eng yuqori ish haqi toʻlovchi mamlakatlar roʻyxatini ham keltiradi. Birinchi oʻrinda Shveysariya nomi qayd etilgan - yiliga 202 ming dollar. Undan keyingi oʻrinlarda 185,1 ming dollar bilan AQSH, 178,7 ming dollar bilan Honkong va 172,7 ming dollar bilan Xitoy mamlakatlari nomlari keltirilgan.

    Bundan tashqari, soʻrovnoma ishtirokchilarining 45 foizi oʻz vatanidagi ish haqiga nisbatan ancha yuqori maosh ola boshlashganini taʼkidlagan.

    » » Reyting: Yashash va ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar