23:53 / 11.10.2018
5 846

“Dogʻistonlik musulmon kofir bilan jang qilibdi!”

“Dogʻistonlik musulmon kofir bilan jang qilibdi!”
Avar qavmiga mansub dogʻistonlik musulmon qahramon kofir bilan jang qilibdi!

Shu gapni eshitaverib alamimdan Baqeʼ qabristoniga bordim. Unda kofirga qarshi jang qilgan avar qavmiga mansub dogʻistonlik mard oʻgʻlon yotibdi!

Ie, qahramonimiz kecha tirik edi, prezidenti bilan oʻtirgandi, qachon Madinaga borib oʻlishga ulgurdi, deysizmi?

Sababi bizning qahramonimiz siznikidan boshqa, doʻstim. Ikkisi ham Dogʻiston togʻlarida oʻsib ulgʻaygan. Ikkisi ham avar va musulmon.

Biroq bizning qahramon sirkdagi hayvonlardek pul va qarsak uchun jang qilmagan. Bizning qahramon jang ortidan bosqinchilar rahbari unga qoʻngʻiroq qilganini aytib maqtanib yuradigan manqurt boʻlmagan.

Bizning qahramon bosqinchilar rahbari bilan uchrashib, uning oldida iltifot kutib oʻtirmagan.

Bizning qahramon 25 yil dushmanga qarshi jang qilgan. Bosqinchilarning farzandlarini yetim, xotinlarini beva va qul qilgan. Zolimlarning yuraklariga dahshatli qoʻrquv solgan.

Hech kim yugurishda, suzishda, ot chopishda, jang qilishda unga teng kelolmagan. Hech kim uningdek kuchli va jasoratli boʻlmagan. Baland boʻyli, haybatli jangchi qahramonimizning ismi – Imom Shomildir! U nafaqat buyuk jangchi, balki sharʼiy ilmlarni puxta oʻrgangan olim ham boʻlgan.

Imom Shomil 1797 yilda Dogʻiston yerlarida avar qavmiga mansub obroʻli oilada tavallud topgan. Bolalikdan jismoniy mashq va ilm olish bilan mashgʻul boʻlgan. Suriyaga kelib, mashhur olimlar qoʻlida sharʼiy ilmlarni puxta egallagan.

1832 yilda Kavkaz yerlariga bostirib kelgan Rus imperiyasiga qarshi ustozi Gʻozi Mulla bilan yelkama-yelka jang qilgan. Jangda ustozi va eng yaqin doʻsti shahid boʻlgan. Imom Shomil esa dushmanning toʻrt askariga “zamonamiz qahramoni” sirk qafasidan sakrab tushgandek oʻzini otib, 3 jangchini oʻldirgan, 4-sining tigʻi tanasiga sanchilib, ogʻir yarador boʻlgan.

Jangdan soʻng qavmini yigʻib, ularni dushmanga qarshi sustlashmaslikka chaqirgan. 1834 yili Dogʻiston amirligi Imomi etib tanlangan. Shundan boshlab 1859 yilgacha ruslarning Kavkazni bosib olishlariga qarshi Dogʻiston Imomi va amiri oʻlaroq kurashgan.

Shu davr mobaynida Islom va Dogʻistonning hurriyati uchun yuzlab janglar qilib, barchasida gʻalaba qozongan. Butun olamda taslim boʻlmas va yengilmas qoʻmondon sifatida tanilgan.

1859 yili mahalliy qabilalarning oʻzaro urushlari va xiyonatlari sabab ruslar bu buyuk imomni asir olganlar. Avval Kalugada, keyinroq Kiyevda qattiq nazorat ostida biroq ehtirom bilan uy qamogʻida saqlaganlar.

1869 yilda Imomga haj qilishga ruxsat berishgan. Haj ibodatlarini ado qilib, Makkada bir vaqt turgach, 1871 yilda Madinaga kelib, Allohga omonatini topshirgan. Oʻn ming sahoba koʻmilgan Jannat ul-Baqeʼ qabristoniga qoʻyilgan.

Bugun bomdod namozidan keyin men imomni ziyorat qilish maqsadida Baqeʼga kirdim. Zamonamiz qahramonlari bilan imomni qiyoslab koʻzlarimga yosh keldi.

Alloh bizlarni bu koʻrlikdan xalos qilsin!

Darhaqiqat, buyuklarini unutgan millat xorlikka mahkumdir! Ahmoqlarni oʻziga buyuk qilib, unga ergashish esa ayni xorlikning oʻzidir!
Mahmud USMON
Madina Islom universiteti talabasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Dogʻistonlik musulmon kofir bilan jang qilibdi!”