16:48 / 12.10.2018
4 675

Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat

Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat
Foto: “KorrespondenT.net”
Ekspatlar (xorijlik yollanma mutaxassislar) uchun eng yaxshi mamlakat — Singapur. “Korrespondent” yozishicha, “HSBC” banki har yili oʻtkazadigan “Expat Explorer” soʻrovnomasida qatnashganlarning juda koʻpchiligi janubi-sharqiy Osiyodagi ana shu mitti, ammo juda boy mamlakatda inson mehnati juda qadrlanishi bilan birga ishlash va yashash uchun sharoitlar juda ajoyibligini bildirishdi.

Singapur xorijlik ishchilar daromad olishi darajasi boʻyicha beshinchi oʻrinda, chunki, yana qaytaramiz, juda kichik mamlakat. Xorijliklar uchun bu yerda yillik oʻrtacha maosh 162,2 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Ekspatlarga eng koʻp maoshni Shveysariya beradi — yiliga oʻrtacha 202 ming dollar. Keyingi oʻrinlarda AQSH (185,1 ming dollar), Gonkong (178,7 ming dollar) va Xitoy (172,7 ming dollar).

Singapur turmush va daromad darajasi nisbatida yetakchilik qilmoqda, yaʼni topgan pulingizni koʻproq jamgʻara olasiz. Keyingi oʻrinlarda Yangi Zelandiya, Germaniya va Kanada. Shveysariya asosiy reytingda sakkizinchi oʻrinda, bu mamlakatda xorijlik eng koʻp pul topgani bilan oilasi uchun juda koʻp xarajat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat