17:42 / 12.10.2018
3 861

Yaponiya koʻchalarida ilk bor mobil masjid paydo boʻldi

Yaponiya koʻchalarida ilk bor mobil masjid paydo boʻldi
Foto: “Islom.uz”
Yaponiyaning Tiba prefekturasida ilk mobil masjid paydo boʻldi, u Kanto hududi musulmonlariga jamoa boʻlib namoz oʻqish imkonini yaratdi, deb yozadi “Islom.uz”.

Uni yaratish gʻoyasi 2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq.

Mobil masjid yoʻl bosayotgan vaqtda 12 metrli uzunlikdagi va 2,5 metr kenglikdagi yuk mashinasiga oʻxshaydi. Ammo koʻp tonnali yuk mashinasi toʻxtash joyiga kelishi bilan bir necha daqiqa ichida 50 kishini oʻz ichiga sigʻdira oladigan, 6 metr kenglikdagi 48 metr maydondagi namozxonlar uchun xonaga aylanadi.

Gʻildiraklardagi masjid konditsioner bilan jihozlangan va unda tahorat olish uchun yetarli suv zaxirasi mavjud. Loyiha mualliflarining aytishicha, Yaponiyada keyinchalik ikkinchi shunday masjid yaratiladi.

“Men budda diniga eʼtiqod qilaman, ammo barchaga ibodat qilish oson boʻlishi uchun muhit yaratishni istagan edim”, – deydi gʻildiraklardagi masjidlarni yaratish boʻyicha qoʻmita raisi Yasuxaru Inoye.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya koʻchalarida ilk bor mobil masjid paydo boʻldi