18:38 / 12.10.2018
5 681

Bloger sobiq SSSR davlatlaridagi hayot darajasini solishtirdi (video)

Bloger sobiq SSSR davlatlaridagi hayot darajasini solishtirdi (video)
YouTubeʻdagi Taj World kanali muallifi mustaqillikdan keyingi 27 yildan soʻng sobiq SSSRdagi 15 mamlakatning hayot darajasini solishtirishga qaror qildi. Bu haqda Tengrinewsʻga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Bloger hayot darajasini xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadigan 15 ta koʻrsatkich boʻyicha taqqosladi. Bunga aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulot, umr davomiyligi, , matbuot erkinligi indeksi, yoʻllar sifati, xavfsizlik, harbiy kuch-qudrat, turmush, taʼlim, demokratiya, korrupsiya, oʻrtacha oylik maosh darajasi darajasi va boshqalar kirdi.

Yakunda yuqoridagi parametrlar boʻyicha eng rivojlangan davlat Estoniya boʻlib chiqdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni boshqa Boltiqboʻyi davlatlari — Litva va Latviya egalladi. Rossiya toʻrtinchi oʻrinni band etdi. Gruziya va Belarus 5-oʻrinni boʻlishib oldi.

Qozogʻiston 7, Armaniston 8, Ozarbayjon 9, Ukraina 10, Oʻzbekiston esa 11-oʻrinda qayd etildi.

Oxirgi oʻrinlarni Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloger sobiq SSSR davlatlaridagi hayot darajasini solishtirdi (video)