21:53 / 12.10.2018
4 066

Mashina ostida qolgan bolakay moʻjiza sabab omon qoldi (video)

Mashina ostida qolgan bolakay moʻjiza sabab omon qoldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda mashina bir bolakayning ustidan oʻtib ketgani videosi tarqaldi. Gap shundaki, bolalar koptok oʻynayotgan joyda harakatsiz turgan mashinalar ham boʻlgan. Oʻrtoqlaridan ajralib yerda oʻtirgan bolakayni mashinasini harakatlantirgan haydovchi koʻrmay uning ustidan avtomobilni harakatlantirib oʻtib ketgan.

Avvaliga mashina bolani biroz sudragan, keyin uning ustidan oʻtib ketgan. Ollohning moʻjizasi bilan bolakay mashina balonlari ostida qolmagan va hech qanday jarohat olmagan. Hayratlanarlisi, bu hodisani atrofdagilarning hech biri sezmadi.

Bolakay ham mashina ostidan chiqib, oʻrtoqlari bilan koptok oʻynash uchun yugurib ketdi. Bu holat haydovchilarni ham, ota-onalarini ham birdek ogohlikka chaqirsa ajab emas. Zero voqea boshqacha, yaʼni fojiali yakunlanishi ham mumkin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashina ostida qolgan bolakay moʻjiza sabab omon qoldi (video)