07:01 / 13.10.2018
4 304

Eronlik qiz futbol tomosha qilishning oʻziga xos usulini topdi va mashhur boʻlib ketdi

Eronlik qiz futbol tomosha qilishning oʻziga xos usulini topdi va mashhur boʻlib ketdi
Foto: Twitter/@510home
Eronlik jurnalist Parisa Purtaharian stadion yaqinidagi binoning terrasasidan futbol oʻyinini suratga oldi. Al Bawaba nashrining xabar qilishicha, qiz shu tarzda ayollarga stadionga borish boʻyicha qoʻyilgan taqiqni chetlab oʻtdi.

Foto: Twitter/@KianSharifi
Purtaharianga “Vatani” stadionida oliy milliy liganing ikki jamoasi oʻrtasidagi uchrashuvni suratga olish vazifasi yuklatildi. Biroq, Eronda ayollarga qarama-qarshi jins vakillari sport bilan shugʻullanadigan stadionga kirish man etiladi.

Qiz qoidalarni buzmasdan ishini bajarishga muvaffaq boʻldi. Buning uchun u yaqin oradagi baland binoning terrasasidan foydalandi. Katta obyektiv tufayli Purtaharian butun dunyo boʻylab hamkasblar tomonidan yuqori baholangan oʻta aniq suratlarni muhrladi. Professionalizmdan tashqari, jurnalistlar qizning vaziyatdan chiqib ketish qobiliyatiga ham tahsinlar oʻqishdi.

Futbol va voleybol Eronda juda mashhur, biroq stadionlarga ayollarning kirishiga taqiq hamon amal qilmoqda. Voleybolda bu qoida 2015 yilda qisman bekor qilingan: ayollar baʼzi tribunalarga tashrif buyurishi mumkin boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik qiz futbol tomosha qilishning oʻziga xos usulini topdi va mashhur boʻlib ketdi