17:44 / 13.10.2018
3 682

«Haqiqatdan ham tupurganman». Melanya Tramp mojaroli vaziyatga izoh berdi

«Haqiqatdan ham tupurganman». Melanya Tramp mojaroli vaziyatga izoh berdi
AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp Qo‘shma Shtatlar chegarasida voyaga yetmaganlar uchun markazlarga borishidan avval nima sababdan «Men haqiqatdan ham tupurganman» yozuvli kurtkani kiyib olganiga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yozuv bolalarga qaratilmagan, balki «uni tanqid qiluvchi so‘l-liberal ommaviy axborot vositalariga» yo‘naltirilgandi.

«Men ularga haqiqatdan ham tupurganimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. Sizlar har qanday narsani tanqid qilishingiz mumkin, ammo bu menga o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan narsani qilishimga to‘sqinlik qilmaydi», - deya izoh berdi AQSh birinchi xonimi.

Melanya Trampning qo‘shimcha qilishicha, odamlar va ommaviy axborot vositalari kiyim-kechagiga emas, balki uning harakatlari hamda tashabbuslariga e’tibor berishini xohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Haqiqatdan ham tupurganman». Melanya Tramp mojaroli vaziyatga izoh berdi