Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma’lum qilishicha, Grozniyning «Axmat» klubi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarim himoyachisi Pavel Mamayevga ishga joylashish borasida yordam berishga tayyor.
«Men «Axmat» futbol klubi rahbariyati bilan maslahatlashdim, biz jinoiy ish qanday yakun topishidan qat’i nazar, Kokorin va Mamayev ozod bo‘lganida ularni jamoamizda ish bilan ta’minlashga tayyormiz», - deb yozadi Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Shuningdek, Checheniston rahbari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi.
Foto: RIA Novosti
8 oktyabr kuni futbolchilar «Pekin» mehmonxonasi yaqinida «Birinchi kanal» boshlovchisining haydovchisini do‘pposlashdi, so‘ng Moskvadagi kafelardan birida mushtlashuv uyushtirishdi.
Moskvaning Tver sudi ikki oy muddatga Kokorin va Mamayevni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi - «Bezorilik» bilan ish qo‘zg‘atildi. Ular yetti yilga qamalishi mumkin.
«Ehtimol, biz his-tuyg‘ularni biroz kamaytirib, bu boshi berk ko‘chadan boshqa yo‘l borligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerakdir? Balki yigitlarga jabrlanganlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ulardan uzr so‘rash, moliyaviy va sog‘likni tiklash uchun boshqa yordam ko‘rsatishlariga ruxsat berish kerakdir?» - deb yozadi Qodirov o‘z telegram-kanalida.
Siyosatchining fikricha, ozodlikdan mahrum qilish futbolchilarni yaxshilashga yordam bermaydi.
«Ammo biz ular bilan o‘tmishdagi xatolarni tuzatishga harakat qilmoqchimiz, albatta, agar bunga ruxsat berilsa», - deya ta’kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
Qodirovning fikricha, futbolchilar yulduzlik kasali qurboniga aylanishdi.
«Vaziyat rivojining ikkita yo‘li bor. Biz qaysi birini tanlashimizga odamlar taqdiri bog‘liq! Ha, yigitlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlar qilishdi. Ammo hayot bu bilan tugamasligi kerak», - deya xulosa qildi respublika rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi