AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar saudiyaliklar jurnalist Jamol Xoshuqjini Turkiyadagi konsullikda o‘ldirgani aniqlansa, Saudiya Arabistonini «qattiq jazo» kutmoqda.
«Biz buning tagiga yetamiz va jazo qattiq bo‘ladi», - dedi prezident «SBS» telekanaliga bergan intervyusida.
Qirollik bilan biznes aloqalari haqida maqtanishni xush ko‘ruvchi Tramp Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatish jazo choralaridan biri bo‘lmasligini ta’kidladi. Chunki ish o‘rinlariga zarar yetkazishni xohlamayman, dedi u.
Matbuotda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, Xoshuqji o‘zining o‘ldirilganini qo‘lidagi «Apple» soatiga yozib olgan bo‘lishi mumkin.
U uylanishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatni olish maqsadida konsullikka kirganda soatning ovoz yozish funksiyasini yoqib qo‘ygan, deyiladi xabarlarda. Soat esa «iCloud» fayllarni saqlash xizmatiga va tashqarida qaylig‘ining qo‘lida qolgan telefoniga ulangan bo‘lgan. Qaylig‘i jurnalistning chiqishini uzoq kutgan, ammo u qaytib chiqmagan.
Turkiya matbuotining yozishicha, soat nafaqat Xoshuqjining so‘roq qilinishi va qiynoqqa tutilishini, balki o‘ldirilishini ham yozib olgan.
AQShda doimiy yashash huquqiga ega jurnalist «Vashington Post» nashri uchun Saudiya Arabistonini tanqid qiluvchi maqolalar yozib kelgan.
Saudiya Arabistoni Xoshuqjining konsullikni tark etganini va uning g‘oyib bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytmoqda.
Jurnalist Saudiya konsulligi ichida o‘ldirilgani haqidagi gaplar «yolg‘on va asossiz da’volar», dedi mamlakat Ichki ishlar vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Saud.
Turkiyaning «Sabah» gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 15 kishilik guruhning aniqlangan bir a’zosi Saloh Muhammad al-Tubayqiy bo‘lib, u Saudiya Ichki ishlar vazirligida Sud tibbiy-ekspertiza bo‘limi rahbari bo‘lib ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?