21:54 / 15.10.2018
4 054

Bemorlariga Qur’onni o‘qib bergan katolik jarroh BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi

Bemorlariga Qur’onni o‘qib bergan katolik jarroh BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zi katolik bo‘lsa-da, bemorlariga Qur’on va Injilni o‘qib beradigan sudanlik jarroh BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yuksak mukofotga Janubiy Sudanning Yuqori Nil provinsiyasidagi Bunj shahri Maban shifoxonasi shifokori Evan Atar Adaxa loyiq ko‘rildi. Bu haqda Islom.uz nashri ma’lum qildi.

Diniy e’tiqod bemorlarga yordam berishiga shifokorning o‘zi ishonch hosil qilgan, shuning uchun u anesteziya qilishdan avval bemorlarga majusiylar va musulmonlarning muqaddas kitoblaridan parchalarni o‘qib beradi.

Xabarda aytilishicha, shifoxonada bu erkak shifokor yigirma yildan beri ishlab keladi va bu vaqt davomida yangi tashkil topgan Sudan va Janubiy Sudan mamlakatlaridagi fuqarolik urushi va falokatlar oqibatida ko‘plab qurbonlarning hayotini saqlab qolishga erishdi.

«Mening kamtarona xizmatimga shunday ulkan mukofot berilganidan ko‘p ta’sirlandim. Ushbu mukofotga ma’lum bir pul mablag‘i berilishi ham ayni muddao bo‘ldi, biz ularni albatta shifoxonamizning birlamchi ehtiyojlariga ishlatamiz», – deydi jarroh mukofotni olish chog‘ida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bemorlariga Qur’onni o‘qib bergan katolik jarroh BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi