22:25 / 15.10.2018
3 412

AQSH elchixonasi xatolik tufayli Avstraliya rasmiy shaxslariga mushuk suratini yubordi

AQSH elchixonasi xatolik tufayli Avstraliya rasmiy shaxslariga mushuk suratini yubordi
AQSH elchixonasi Avstraliyaning rasmiy shaxslariga notoʻgʻri maktub joʻnatgani uchun uzr soʻradi.

Gap shundaki, mansabdor shaxslarga ziyofatga tashrif buyurish taklifi bildirilgan va “Sezam koʻchasi” multfilmidagi qahramonning pijamasida boʻlgan mushuk surati ilova qilingan elektron maktub joʻnatilgan. “Bu pochta interfeysini tekshirgan yangi xodimlarimiz xatosi tufayli yuz berdi”, deb aytilgan AQSH elchixonasi bayonotida.

Aniqlanishicha, elchixonaning yangi xodimi maktublarni yuborish tizimini sinovdan oʻtkazayotib, tasodifan real foydalanuvchilarga hazilomuz taklifni joʻnatib yuborgan. Elchixona bu xatolik uchun uzr soʻrab, “pijamadagi mushuklar bilan ziyofat qilmoqchi boʻlganlarni ranjitganidan afsusdaligini” aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH elchixonasi xatolik tufayli Avstraliya rasmiy shaxslariga mushuk suratini yubordi