23:43 / 16.10.2018
3 710

Tramp qayta saylanishiga qancha mablagʻ yigʻa olgani maʼlum qilindi

Tramp qayta saylanishiga qancha mablagʻ yigʻa olgani maʼlum qilindi
AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylov kampaniyasiga 100 mln dollardan koʻproq mablagʻ yigʻa oldi. Bu haqda Federal saylov komissiyasi maʼlumotlariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi maʼlum qildi.

Joriy yilning iyul-avgust oylarida Tramp saylov kampaniyasini oʻtkazish qoʻmitasi va Respublikachilar partiyasi milliy qoʻmitasi yordamida 18 mln dollar yigʻa olgan. Shu tariqa, Tramp keyingi saylovi uchun yigʻgan umumiy mablagʻ 106 mln dollarga yetgan. Taʼkidlanishicha, xayriya qiluvchilarning 98 foizi 200 dollardan koʻp pul ajratishmagan.

AQSHning avvalgi prezidenti Barak Obama qayta saylanishi uchun mablagʻlarni prezidentligining 3 yilidan keyin yigʻa boshlagan. Trampning esa Oq uyga rahbarlik qilayotganiga hali 2 yil ham boʻlmadi, biroq u keyingi saylovlar uchun mablagʻ yigʻishni allaqachon boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qayta saylanishiga qancha mablagʻ yigʻa olgani maʼlum qilindi