11:40 / 17.10.2018
4 757

Braziliyada yangi tug‘ilgan chaqaloq onasini komadan chiqara oldi

Braziliyada yangi tug‘ilgan chaqaloq onasini komadan chiqara oldi
Bu voqea Braziliyaning Fortaleza shahridagi kasalxonalardan birida sodir bo‘ldi. 28 yoshli Amanda da Silva ismli ayol homiladorlikning so‘nggi haftasida epilepsiya holatiga tushib, muddatidan oldinroq tug‘ruqxonaga yotqizilgandi. Vrachlar bir narsadan qo‘rqishardi. Agar yana epilepsiya holati takrorlanadigan bo‘lsa, o‘zi ham, farzandi ham nobud bo‘ladi. Shuni hisobga olib jarrohlik amaliyoti yordamida tug‘ruqni amalga oshirishdi. Keyin esa ayolni sun’iy komaga tushirib qo‘yishdi.

Oradan bir necha kun o‘tib ayolning ahvoli yanada og‘irlashdi. U og‘riqni ham, dori vositalari ta’sirini ham sezmay qo‘ydi. Vrachlar qancha harakat qilishmasin, u chuqur koma holatidan chiqish o‘rniga tobora o‘limga yuz tuta borardi.

Shunda hamshira ayolning yoniga yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini yotqizib qo‘ydi. Ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, bola yoniga yotqizilishi bilan ayolning yurak urishi tezlashdi, ko‘zlaridan yosh dumalab tushdi. O‘sha lahzalardanoq Silvaning ahvoli yaxshilanish pallasiga kirdi. Oradan 20 kun o‘tib esa uni sog‘-salomatlikda uyiga kuzatib qo‘yishdi.

— Biz vaziyat bu qadar katta tezlikda o‘zgarishini kutmagandik, — deydi hamshira. — Hammamiz quvonganimizdan yig‘lab yubordik. Chunki Silvani biz emas, chaqaloq hushiga keltirdi. Shundan keyin ona va bola o‘rtasidagi yaqinlikka hech bir qudrat bas kela olmasligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada yangi tug‘ilgan chaqaloq onasini komadan chiqara oldi