17:33 / 17.10.2018
2 600

Qrimda kollej binosida portlash: qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video)

Qrimda kollej binosida portlash: qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video)
Foto: «RIA Novosti»
Qrimdagi Kerch politexnika kollejida portlash sodir bo‘ldi, deb yozmoqda "Xabar" nashri «RIA Novosti»ga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, o‘n kishi qurbon bo‘lgan, ellik nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Yigirma nafar kishi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

«Portlash kollej oshxonasida sodir bo‘lgan, sababi hali ma’lum emas, unga mutaxassislar aniqlik kiritishadi», — degan nashrga ma’lumot bergan manba.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hududda otishma ovozlari ham eshitilgan. Aytilishicha, avtomat bilan qurollangan shaxs bino hududidagi talabalarga o‘q uzgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimda kollej binosida portlash: qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video)