23:32 / 17.10.2018
4 148

Dunyo mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha?

Dunyo mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha?
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi mutaxassislari tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha turishi va odamlar o‘z daromadining necha foizini uni tayyorlashga sarflashini o‘rganishdi.

BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida bir kosa sho‘rva olish uchun mahalliy aholi vakili o‘rtacha kunlik daromadining yarim foizini xarj qiladi. Janubiy Sudanda esa bu ko‘rsatkich uch yuz barobar (201 foiz) ko‘p ekan. Ya’ni bu mamlakatda odam bir kosa sho‘rva ichishi uchun ikki kun ishlashi kerak.

Mintaqamiz davlatlaridan Tojikistonda aholi kunlik daromadining 9 foizini, Qirg‘izistonda 10,4 foizini bir likopcha ovqat uchun sarflaydi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida sayyoramizda 820 million kishi to‘yib ovqatlanmasligini qayd etib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha?